Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Biznes reja

Yangilangan sana: ...

Biznes-rejaga muvofiq 2026-yilda rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari

(Bank Kengashi tomonidan 2025-yil 28-noyabrda tasdiqlangan)

Bankni rivojlantirish yo‘nalishlari bank oldida uzoq muddatli istiqbolda turgan maqsadlardan, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilan vazifalar doirasidan kelib chiqib aniqlanadi.

Chakana biznesni rivojlantirish va biznesni faol raqamlashtirish Bank faoliyatining yaqin yillar hamda uzoq muddatli istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Bankning chakana xizmat bozorida raqobatbardosh ustunliklarini shakllantirish axborot texnologiyalaridan foydalanish, mahsulotlar qatorining to‘liqligi hamda Bank infratuzilmasini uning xizmatlaridan foydalanuvchilarga yaqinlashtirish orqali bank mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisobiga ta’minlanadi.

Bankning strategik ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • yangi texnologiyalarni joriy etish;
  • operatsiyalarni amalga oshirishda risk va daromadlilikning optimal nisbatiga erishish orqali yuqori rentabellik darajasini saqlab qolish;
  • biznesning yangi, istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish.

Bankning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifalari va umumiy strategiyasi. Bank vazifalariga samaradorlik va moliyaviy foyda ko‘rsatkichlari, ish tezligi hamda moslashuvchanlik bilan bir qatorda biznes ko‘lamini kengaytirish kiradi, bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • xalqaro bank nazorati tamoyillari talablari doirasida Bank kapitallashuv darajasini oshirish, kapital yetarliligi, likvidlik va tijorat banklarining barqarorligi bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni mustahkamlash;
  • mijozlar, aksiyadorlar, hamkorlar manfaatlari hamda moliya bozori talablarini inobatga olgan holda Bank faoliyati samaradorligini oshirish;
  • xalqaro standardlar va ESG tamoyillariga asoslangan korporativ boshqaruvni takomillashtirish, risk-menejmenti, nazorati va komplaens tizimini rivojlantirish;
  • innovatsion texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalarni jalb qilish va mahsulotlar qatorini kengaytirish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish;
  • bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ofislar tarmog‘i va raqamli kanallarni rivojlantirish orqali oshirish;
  • biznesning asosiy yo‘nalishlari (korporativ sektor, chakana sektor, tadbirkorlik) bo‘yicha rejalashtirilgan va barqaror o‘sishni ta’minlash;
  • moliyaviy barqarorlikni oshirish maqsadida resurslarni jalb qilish va manbalarini diversifikatsiya qilish hamda aktivlar va majburiyatlar tuzilmasini optimallashtirish;
  • mijozlar bazasini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifatini va mijozlar sadoqatini oshirish;
  • zamonaviy bank mahsulotlarini joriy etish, ichki jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish, yangi texnologiyalardan foydalanish;
  • xodimlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, korporativ madaniyatni rivojlantirish, xodimlar kompetensiyalarini oshirish va samarali rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish;
  • samarali marketing strategiyasi, PR-faoliyat va zamonaviy kommunikatsiya vositalari orqali Bank brendini mustahkamlash;
  • sun’iy intelekt texnologiyalaridan foydalanish, raqamli hujjat aylanishini joriy etish orqali raqamli transformatsiya bo‘yicha kompleks dasturni amalga oshirish;
  • axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tizimini kuchaytirish, ma’lumotlarni identifikatsiya qilish va himoya qilish maqsadida biometrik va xulq-atvorga asoslangan texnologiyalardan keng foydalanish;
  • Bank faoliyatiga ESG tamoyillarini integratsiya qilish, “yashil” moliyalashtirish va korporativ ijtimoiy mas’ulyat sohasidagi loyihalarni amalga oshirish;
  • tadbirkorlik subyektlari uchun mahsulotlar va servislarni faol rivojlantirish;
  • mijozlar uchun moliyaviy savodxonlik dasturlarini rivojlantirish, ta’limiy raqamli servislarni yaratish;
  • kredit jarayonlarini takomillashtirish, qaror qabul qilish muddatlarini optimallashtirish, yangi avlod skoring tizimlarini joriy etish.

Strategik rivojlanishning maqsadlari:

  • daromadni oshirish va xarajatlarni kamaytirish orqali faoliyat samaradorligini oshirgan holda foydani mumkun qadar ko‘paytirish;
  • bankning kapitallashuv darajasini oshirish, kapitalining yetarliligi, likvidliligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini xalqaro bankchilik tamoyillari talablari doirasida mustahkamlash;
  • faoliyatning barcha sohalarida yuridik va jismoniy shaxslarning mijozlar bazasini sifat va miqdor jihatidan kengaytirish, yirik omonatchilarga bog‘lanib qolish xavfini pasaytirish;
  • uzoq muddatli resurs bazasini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini muddatli omonatlarga faol jalb qilish;
  • aktivlar sifatini yaxshilash, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarning so‘ndirilishi bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarning kelgusida yuzaga kelmasligining oldini olish choralarini ko‘rish;
  • Bank filiallari bazasida bank xizmatlari ofislarini tashkillashtirish, “Yagona bank kodi” texnologiyasini joriy qilish;
  • Jismoniy shaxslar uchun yangi kredit mahsulotlarini, xususan “TRUST PAY” mobil dasturi orqali taqdim qilinadiganlarini joriy qilish;
  • “Trast lizing” va “Trast muamalat” sho‘ba korxonalarini ish faoliyatini faollashtirish;
  • kredit liniyalarini jalb qilish;
  • ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimining standarti (har 2 yilda) va ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurash standarti har yili navbatdagi sertifikatsiyadan o‘tish;
  • axborot xavfsizligi standarti bo‘yicha sertifikatini olish;
  • 9-sonli Xalqaro moliyaviy hisobot standartiga muvofiq moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholashga qo‘yiladigan yangi talablarni hisobga olgan holda moliyaviy hisobotlarni tayyorlash sifatini yaxshilash;
  • Xodimlar bilan ishlash usullarini takomillashtirish, xodimlar va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, «O‘quv markazi» ning samarali ishlashini taminlash.

            


 

 

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech