Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

“Trastbank” aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig'ilishi bo'lib o'tishini ma'lum qiladi:

Yangilangan sana: 28 Aprel 2021, 12:39

Toshkent shahar, Navoiy koʻchasi, 7 uy manzilida joylashgan XAB “Trastbank” aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtishini maʼlum qiladi:

Tashkiliy savollar:

  1. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

“Trastbank” XAB aksiyadorlari umumiy yigʻilishi kun tartibi
2021-yil 17-may soat 15: 00 min.

  1. “Trastbank” XABning 2020-yil faoliyati yakunlari va 2021-yil uchun rivojlanish istiqbollari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish.
  2. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ning 2020-yil yakunlari boʻyicha xulosasini tasdiqlash.
  3. 2020-yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:
    - moliyaviy holat toʻgʻrisida jamlangan hisobot,
    - foyda va zarar va boshqa umumiy daromadlar toʻgʻrisida jamlangan hisobot,
    - kapitalda oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi jamlangan hisobot,
    - pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi jamlangan hisobot,
    - 2020-yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumot.
  4. 2020-yilda olingan foydani taqsimlash.
  5. Bank faoliyatining 2021-yilning 1-yarim yilligi va 2021-yil yakunlari boʻyicha majburiy auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash, shartnomalarni tuzish hamda audit xizmatlariga toʻlanadigan haqning eng yuqori miqdorini tasdiqlash.
  6. “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi muddatini bir yilga uzaytirish.
  7. Balansdan tashqari hisoblarda hisobi yuritilayotgan, umidsiz aktivlarni undirish boʻyicha 2020-yilda koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish.
  8. Bank Kuzatuv Kengashining 2020-yil yakunlari boʻyicha korporativ boshqaruv meʼyorlariga rioya etilayotganligi haqida hisobot.
  9. Bank Kuzatuv Kengashi aʼzolarining son tarkibini tasdiqlash.
  10. Bank Kuzatuv Kengashi aʼzolarini saylash.
  11. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ni saylash.
  12. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  13. Belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qaytarish.
  14. Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini koʻrib chiqish.
  15. Aksiyalarning 25-chi qoʻshimcha chiqarilish yakunlari va Bank Ustav kapitalining yangi miqdorini tasdiqlash.
  16. Eʼlon qilingan aksiyalarning eng koʻp miqdorini belgilash.
  17. Bank Ustaviga oʻzgartirishlar qiritish.
  18. Davlat qimmatli qogʻozlar (gʻaznachilik majburiyatlari, davlat qimmatli qogʻozlari (obligatsiyalar), Markaziy bank obligatsiyalari) bilan yirik bitimlar tuzish toʻgʻrisida.

“Trastbank” XAB aksiyadorlar Umumiy yigʻilishi 2021-yil 17-mayda Toshkent shahri, Navoiy kuchasi, 7 uy, “Trastbank” XAB binosida oʻtkaziladi.

Roʻyxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana - 2021-yil 23-aprel.

“Trastbank” XAB aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida 2021-yil 11-may holatiga shakllantirilgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.

Bank aksiyadorlari, Umumiy yigʻilishga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 7-uy.

Bank aksiyadorlari oʻzi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:
(95)198-41-09, (78)140-00-88, (71) 207-62-12. 
www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Bank Kuzatuv Kengashi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech