Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Yangilangan sana: 5 Sentyabr 2019, 17:58

Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Tashkiliy savollar:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» XAB aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi

2019 yil 27 sentabr soat 15:00 da.

1. Dividendlar to‘lash:

- O‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan;

- 2019 yil birinchi yarim yil yakunlari bo‘yicha.

2. Umumiy zahira fondini shakllantirish uchun 2019 yil birinchi yarim yil yakunlari bo‘yicha olingan foydaning bir qismini taqsimlash to‘g‘risida (MHXS bo‘yicha foyda, zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risidagi umumiy hisobotga muvofiq).

«Trastbank» XAB aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

2019 yilning 27 sentabr kuni Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy, «Trastbank» XAB binosining 1 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana - 2019 yil 4 sentabr.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida

2019 yil 23 sentabr holatiga shakllantirilgan «Trastbank» XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Bank aksiyadorlari, navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy.

Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

(95)198-41-09, (78)140-00-88, (71) 207-62-12.
www.trustbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech