Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Аksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi

Yangilangan sana: 28 Avgust 2017, 11:18

Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 7 uyda joylashgan XAB “Trastbank” aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Tashkiliy savollar:
1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» XAB aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibi
2017 yil 29 iyun soat 15: 00 min.

1. «Trastbank» XABning 2016 yil faoliyati yakunlarini va 2017 yil rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqish.
2. Bank taftish komissiyasi (taftishchisi)ning 2016 yil yakunlari bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.
3. 2016 yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:
- moliyaviy holati to‘g‘risida jamlangan hisobot,
- foyda yoki zarar va boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot,
- umumiy kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
- pul mablag‘lari xarakati to‘g‘risidagi jamlangan hisoboti,
- 2015 yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar haqida ma’lumotlar.
4. 2016 yilda olingan foydani taqsimlash.
5. «Trastbank» XAB Boshqaruvi Raisini tasdiqlash.
6. Balansdan tashqari hisoblarda hisobga olingan, 2016 yilda umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida.
7. Bank Kengashining 2016 yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv me’yorlariga rioya etilayotganligi haqida hisobot.
8. Bank Kengashi a’zolarining son tarkibini tasdiqlash.
9. Bank Kengashini a’zolarini saylash.
10. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ni tasdiqlash.
11. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish.
12. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
13. Hisoblangan, lekin belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bankning taqsimlanmagan foydasi hisobiga qaytarish.
14. Bankda o‘tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish.
15. Bank Kengashining «INCO-CONSTRUCTION» MChJga kredit ajratish bo‘yicha 2017 yil 27 maydagi 102-sonli yig‘ilish bayononomasini tasdiklash.
«Trastbank» XAB aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi 2017 yil 29 iyunda Toshkent shahri, Navoiy kuchasi, 7 uy, «Trastbank» XAB binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanishi soat 15:00 da.
«Trastbank» XAB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga 2017 yilning 23 iyun holatiga shakllantirilgan «Trastbank» XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.
Aksiyadorlar, Umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 7-uyda tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:
244-76-58, 140-00-88, 244-76-43.
www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Bank Kengashi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech