Diqqat, tender!
Yangilangan sana: 14 Yanvar 2026, 17:38
Chop etish sanasi: 14.01.2026 y.
Muddat: gacha: 23:59 16.01.2026 y.
Muddat: gacha: 23:59 16.01.2026 y.
Ko'rishlar: 7
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘zining bank mol-mulki (avtotransport vositalari) bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- Tashkilot ustavining nusxasi (barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan);
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Tashkilotning litsenziya va guvohnoma nusxalari;
- Bajariladigan ishning aniq muddati va qiymati ko‘rsatilgan tijorat taklifi.
Tijorat takliflarini 2026-yil 16-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59 gacha quyidagi manzilga yuborish lozim: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy.
Hujjatlar muhrlangankonvertlarda va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi shart.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar: (998 71) 207-36-42.