«Trastbank» XAB (“Termiz” filiali) balansidagi ko‘chmas mulkning bozor bahosini aniqlash maqsadida mustaqil baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi
Tanlovda ishtirok etish uchun mustaqil baholovchi tashkilotlar Bankka (Termiz filialiga) quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:
· Baholash faoliyatini yuritish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi;
· Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
· Baholovchi tashkilotning kasbga oid javobgarligi sug‘urtasi polisi nusxasi;
· Baholash ishining bajarilish muddati va taxminiy narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi;
· Litsenziyalash organi tomonidan o‘rnatilgan tartibda baholash tashkiloti rahbari va baholovchilariga berilgan baholovchi sertifikatlarining nusxalari.
Tijorat takliflarini 2020 yil 9 sentabr soat 15.00 ga qadar quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 190112, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Navbahor ko‘chasi, 13 “G” uy.
Ma’lumot uchun telefonlar: (76) 227-35-01, (76) 227-34-72.