Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Yangilangan sana: 30 Dekabr 2025, 17:00
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
30 Dek 2025

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli mijozlar!
 Barchangizni kirib kelayotgan 2026-yil bilan tabriklaymiz.
 Yangi yil yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, farovonlik hamda ko‘ngil xotirjamligini bardavom qilsin. Har bir kuningiz quvonchli yangiliklar, ezgu niyatlar va katta imkoniyatlarga boy bo‘lsin!
 Ortda qolayotgan yil davomida bankimiz mijozlarimizga yanada qulay, tezkor va sifatli bank xizmatlarini taqdim etish, ishonchingizni oqlash hamda hamkorligimizni mustahkamlash yo‘lida izchil harakat qildi. 2026-yilda ham ushbu sa'y-harakatlarimizni davom ettirib, xizmatlarimiz sifati va qulayligini yanada oshirishga bor kuchimizni safarbar etamiz.
 Kirib kelayotgan yangi yil barchangizning orzu-umidlaringiz ro‘yobga chiqadigan, yangi marralar sari ishonch bilan qadam qo‘yadigan, shuningdek, muvaffaqiyat va taraqqiyotga boy yil bo‘lsin!
 Yangi 2026-yilingiz muborak bo‘lsin!
 Hurmat bilan,
 “Trastbank” XAB jamoasi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech