Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan “Trastbank” kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida eng yaxshi hamkor” deb eʼtirof etildi

Yangilangan sana: ...
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan “Trastbank” kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida eng yaxshi hamkor” deb eʼtirof etildi
12 May 2023

Xabar berib borayotganimizdek, shu kunlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom taraqqiyot banki tomonidan xususiy sektor bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazilmoqda. Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruv Raisi S.Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etib, bir qator rasmiy uchrashuv va muzokaralar o‘tkazmoqda.

Ushbu nufuzli xalqaro forumda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki faoliyati alohida eʼtirof etildi. Yaʼni, “Trastbank”ning hududlarda aholi tadbirkorligini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratilishi borasidagi saʼy-harakatlari xalqaro hamkorlar tomonidan yuqori baholandi.

Jumladan, Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan “Trastbank” kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida eng yaxshi hamkor” deb eʼtirof etildi.

Forumda doirasida o‘tkazilgan tantanali tadbirda ushbu mukofotni Islom taraqqiyot banki raisi Dr. Muhammad Sulaiman Al Jasser hamda Xalqaro islom Savdo-moliya korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Hani Salem Sonbol “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruv Raisi S.Normuxamedovga topshirdi. 

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 328
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech