“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Umumjahon pul haftaligi – 2025” (Global money week) doirasida “Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha eng yaxshi o‘qituvchi” tanlovi ham o‘tkazildi. Unda Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Namangan va Samarqanddan Bankka biriktirilgan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirok etdi. Tanlovda qatnashish uchun o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan birgalikda videoroliklar yaratib, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishdi. Mazkur qo‘llanmalarda moliyaviy savodxonlikning murakkab mavzularini sodda va qiziqarli tilda hamda ijodiy yondashilgan tarzda tushuntirib berilgan. Natijada quyidagi g‘oliblarga maxsus sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi:
Dilnoza Ahmadaliyeva – Andijon viloyati Oltinko‘l tumani 11-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi;
Elbek Tursunov – Samarqand shahri 81-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi.
Shu o‘rinda tanlov g‘oliblarini ushbu muvaffaqiyatlari bilan muborakbod etib, kelgusidagi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
106