Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Umumjahon pul haftaligi 2022” (Global money week) doirasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi

Yangilangan sana: 26 May 2022, 16:05
“Umumjahon pul haftaligi 2022” (Global money week) doirasida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi
26 May 2022

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tashabbusi bilan “Moliyaviy savodxonlik oyligi” o‘quv dasturi doirasida “Umumjahon pul haftaligi 2022” (Global money week 2022) o‘tkazildi.

IMG_6891.JPG

Xususan, ushbu haftalik doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga biriktirilgan hudud, ya’ni Farg‘ona viloyatining Furqat tumani, Namangan shahrining Davlatobod tumani hamda Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi umumta’lim maktablarida moliyaviy savodxonlik borasida ochiq darslar o‘tkazildi. Qolaversa, ushbu hududlardagi 15 ta umumta’lim maktabi pedagog o‘qituvchilari o‘rtasida tanlov e’lon qilingan edi.

IMG_6660.JPG

Ta’kidlash joizki, ushbu tanlov o‘quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ular pul-kredit, moliya sohasidagi bilimlarini yanada boyitish, pulni samarali ishlatish, kredit mahsulotlarini rasmiylashtirish to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

IMG_6871.JPG

Tanlov shartlari oddiy, ya’ni o‘qituvchilar dars o‘tishning o‘ziga xos uslubini ishlab chiqib, qiziqarli tarzda o‘quvchilarga ma’lumot berayotganini tasvirga olib “Trastbank”ga yuborishlari kerak edi. Qolaversa, moliyaviy savodxonlik darsini istalgan fan bilan bog‘lab o‘tish mumkin. Asosiysi, zamonaviy, qiziqarli, tushunarli va ijodiy yondoshgan bo‘lishi zarur.  

IMG_6664.JPG

IMG_6860.JPG

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida tuzilgan komissiya tomonidan maktab o‘qituvchilari taqdim etgan materiallar ko‘rib chiqilib, tanlov g‘oliblari aniqlandi. Kuni kecha Farg‘ona, Namangan va Jizzax viloyatlarida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mutasaddilari, mazkur hududlar xalq ta’limi boshqarmalari mas’ullari, o‘qituvchilari ishtirok etdi.

IMG_6830.JPG

Tadbirlarda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova ham qatnashib, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan, ta’lim dargohlarida berilayotgan e’tibor, bank tizimidagi o‘zgarishlar va ushbu moliya muassasalarida aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar,  xotin-qizlarning jamiyatdagi roli haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, ushbu tanlovning o‘quvchilar moliyaviy savodxonligini oshirishdagi o‘rni va ahamiyatiga urg‘u berdi.

IMG_6799.JPG

IMG_7029.JPG

Tanlovda quyidagi o‘qituvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

Farg‘ona viloyati

1-o‘rin – Shuhratjon Ro‘zimatov (Furqat tumani 31-sonli umumta’lim maktabi);

IMG_6745.JPG

2-o‘rin – Fotimaxon Mirzayeva (Furqat tumani 32-sonli umumta’lim maktabi);

IMG_6758.JPG

3- o‘rin – Nazokatxon Ernazarova (Furqat tumani 33- sonli umumta’lim maktabi).

IMG_6783.JPG

Namangan viloyati

1-o‘rin – Rustem Kerimov (Davlatobod tumani 49-sonli umumta’lim maktabi);

IMG_6955.JPG

2-o‘rin – Zilola Abdumalikova (Davlatobod tumani 52-sonli umumta’lim maktabi);

IMG_6958.JPG

3-o‘rin – Zamira Raximova (Davlatobod tumani 58-sonli umumta’lim maktabi).

IMG_6851.JPG

Jizzax viloyati

1-o‘rin – Maʼmura Qayumova (Zomin tumani 51-sonli umumta’lim maktabi)

IMG_7273.JPG

2-o‘rin – Bahodir Normatov (Zomin tumani 49-sonli umumta’lim maktabi)

IMG_7267.JPG

3-o‘rin – Otabek Esonbekov (Zomin tumani 49-sonli umumta’lim maktabi)

IMG_7265.JPG

G‘oliblikni qo‘lga kiritganlarga Planshet (1-o‘rin), mobil telefonlar (2-3-o‘rin) hamda tanlovning barcha ishtirokchilariga Bankning esdalik sovg‘alari topshirildi.

7010.jpg

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tanlov g‘oliblarini ushbu muvaffaqiyatlari bilan muborakbod etadi hamda barcha ishtirokchilarga minnatdorlik bildirib, ularning kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilab qoladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 625
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech