Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“TrustPay”: Jismoniy shaxslar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar

Yangilangan sana: 21 Noyabr 2018, 23:52
“TrustPay”: Jismoniy shaxslar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar
16 Apr 2018

2018 yil 16 apreldan boshlab “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jismoniy shaxslar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida, Android platformasidagi mobil qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydigan “TrustPay” mobil dasturini ishga tushirdi.

“TrustPay” mobil dasturi - “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan jismoniy shaxslar uchun masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun taqdim etilayotgan mobil bank xizmatining yangi yo‘nalishidir.

“TrustPay” – masofaviy bank xizmatining asosiy vazifasi, istalgan vaqtda bank ofislariga tashrif buyurmasdan kechayu-kunduz turli xil bank operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Xususan, “TrustPay” mobil dasturi orqali “Onlayn konversiya” xizmati joriy etilib, bankning “Visa” xalkaro kartalari orqali jismoniy shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha mustaqil ravishda o‘z operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, tizim bank hisobvaraqlari, kreditlar va omonatlar maqomi to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlarni taqdim etadi. “Trastbank” XAB plastik kartalari egalari mustaqil ravishda bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga joylashtirishlari, omonat qoldig‘i haqida ma’lumot olishlari va kreditlarni so‘ndirishlari mumkin.

Mazkur dasturining yana bir afzalligi shundaki, mijozlar mobil ilova orqali mavjud barcha soliqlarni, mobil va telefon aloqa, internet va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud.

Bankning “TrustPay” dasturini Play Marketdan yuklab olishingiz mumkin.

MUHIM: Dasturni o‘rnatishdan avval, sizning plastik kartangiz telefon raqamingizdagi “SMS-xabarlash” xizmatiga ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2614
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech