Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xodimi “Eng yaxshi ichki auditor” respublika ko‘rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” xodimi “Eng yaxshi ichki auditor” respublika ko‘rik tanlovi g‘olibi bo‘ldi
11 Dek 2025

9-dekabr – O‘zbekistonda buxgalterlar va auditorlar kuni. Shu munosabat bilan mamlakatimizda “Eng yaxshi ichki auditor” respublika ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Unda bir qator soha vakillari ishtirok etib, o‘z iqtidorini namoyon etdi.
 Oʻzbekiston Buхgalterlar va auditorlar milliy uyushmasi, Oʻzbekiston Auditorlar palatasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlov ikki turda bo‘lib o‘tdi. Gʻoliblar bilim va koʻnikmalar, ularni professional faoliyatda mahorat bilan qoʻllash singari mezonlar boʻyicha aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisi xodimi Bobur Sayfutdinov faxrli I o‘rinni egallab, maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
 Shu o‘rinda, hamkasbimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, bu kabi muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 46

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech