Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom taraqqiyot banki tomonidan xususiy sektor bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazilmoqda. Unda Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruv Raisi Sardor Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ham ishtirok etmoqda.
Xususan, bugun 11-may kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida ushbu Forum doirasida Islom korporatsiyalari bilan hamkorlikni yana-da kengaytirish maqsadida “Trastbank” XAB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
Taʼkidlash joizki, mazkur hujjat ikki moliya muassasasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘taradi. Xususan, xodimlar malakasini oshirish, bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, shariat shartlari asosida kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Trastbank” XAB delegatsiyasi aʼzolarining Forumdagi ishtiroki davom etmoqda.