Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

«Trastbank» XAB va Rayffayzen Bank Interneshnl (Avstriya) o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar

Yangilangan sana: ...
15 Noy 2017
2017 yilning 14 noyabrdagi “Trastbank” XAB vakillarining Vena shahriga tashrifi doirasida «Trastbank» XAB va Rayffayzen Bank Interneshnl (Avstriya) o‘rtasida O‘zaro Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Ushbu Memorandum, davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga asosanlangan holda loyihalarni va savdo amaliyotlarini moliyalashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasiga tovarlar va xizmatlarni etkazib berishni nazarda tutuvchi o‘zaro manfaatli operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida imzolandi.
Mazkur Memorandum kichik tadbirkorlik sub’ektlariga xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar ajratish, o‘z bizneslarini tashkil etishlariga ko‘maklashish hamda yoshlar tadbirkorligi rivojlanishini yanada rag‘batlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishni ko‘zda tutadi.
“Biz Avstriyaning etakchi yirik moliya muassasasi bilan hamkorlik aloqalarimizdan juda mamnunmiz”. Memorandum “Trastbank” XAB va Rayffayzen Bank Interneshnl (Avstriya) hamkorligini rasmiylashtiradi va asosan birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish, xususiy tadbirkorlikni, avvalombor, mikrofirmalar va kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularni jadal rivojlanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va bank tomonidan yangi imkoniyatlarni kengaytirishga qaratiladi”, - deydi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2561

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech