Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB: mahalla bankirlari – rivojlanish sari muhim qadam

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” XAB: mahalla bankirlari – rivojlanish sari muhim qadam
27 Mar 2025

 “Trastbank xususiy aksiyadorlik banki tomonidan respublikamiz bo‘ylab hududlarda aholi bandligini taʼminlash va daromadli qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Bugungi kunda respublikamiz bo‘ylab jami 101 ta mahalla, shundan poytaxtimizdagi 10 ta MFY tanlab olindi. “Mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular o‘z faoliyati davomida nafaqat kredit ajratilishi, balki moliyaviy maslahat, biznes-reja tayyorlab berish, loyihalarini amalga oshirishda hamrohlik qilish kabi xizmatlari orqali aholining daromadini oshirishga ko‘maklashadi.2. “Mahalla bankiri”ning ish samaradorligini oshirish hamda mavjud platformalardan samarali foydalanishini taʼminlash maqsadida “planshetlar”, metodik qo‘llanmalar bilan taʼminlandi.
 Bu saʼy-harakatlar Toshkent shahridagi “Al-Xorazmiy”, “Ahmad Yugnakiy”, “Azamat”, “Bekto‘pi”, “Bo‘ston”, “Gulobod”, “Iyk ota”, “Kamolon darvoza”, “Majnuntol”, “Taxtapul” MFYda ham jadal amalga oshirilmoqda. Ushbu mahallalarda joriy yilning yanvar-mart oylarida jami 1 mlrd 434 mln so‘mlik 120 ta mikroloyiha ishga tushirildi. Buning natijasida esa 252 ta yangi ish o‘rni yaratildi.3 Poytaxtimizning “Kamolon darvoza” mahallasida istiqomat qiluvchi Nazokat Shukurova avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasini ochib, 4 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlagan. Qiymati 20 mln so‘m bo‘lgan ushbu loyiha bugun yanada kengayish arafasida.
– Yoshligimdan ushbu sohaga qiziqaman, – dedi Nazokat Shukurova. – Bu qiziqish 2015-yilda alohida bir ustaxona ochishga turtki bo‘ldi. Ayollar mashinalari buzilib qolsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizga murojaat qilishadi. Kimningdir mashinasida benzin tugab qolgan bo‘lsa, yana ayrimlarda “akkumlyator” ishdan chiqqan. Ularning barchasiga shu yerning o‘zida yechim topamiz. Guvohi bo‘lib turganingizdek faoliyatimiz kundan kunga kengayib bormoqda. “Trastbank”ning “mahalla bankirlari” doim xabar olib turishadi, yordam qo‘lini cho‘zishadi. Ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, ularni olish tartibi, biznes g‘oyalarni yaratish va amaliyotga tatbiq haqida muntazam ma’lumot berib ketishyapti. Kelajakda faoliyatimizni yanada kengaytirish va shogirdlar sonini ko‘pyatirish istagimiz bor. Bunda “Trastbank” ko‘magidan foydalanamiz, albatta.

4. Yana bir jihat. “Trastbank” XAB tomonidan aholi bandligi taʼminlash maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratilishi borasidagi harakatlar moliyalashtirilayotgan loyihalarda o‘z aksini topmoqda, desak mubolag‘a emas. Ular biri – “Belissimo Pizza”. Bugungi kunda, “Belissimo Pizza” filiallari soni 70 tani tashkil etib jami 1 938 fuqaro ish bilan taʼminlangan. Shundan 46 ta filial Toshkent shahrida va 24 ta filial esa viloyatlarda faoliyat olib bormoqda. “Trastbank” tomonidan amalga oshirilgan moliyalashtirish natijasida Toshkent shahrida 25 ta filial ochildi va 338 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi. 2025-yil davomida qo‘shimcha 500 ta ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.5. Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, yo‘lga qo‘yilgan ushbu yangi tizim hududlarda tadbirkorlar safining kengayishiga, aholi bandligini ta’minlashga zamin yaratmoqda. Zero, mahalla bankirlari – rivojlanish sari muhim qadam.6.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 202
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech