Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB Germaniyaning “Commerzbank AG” banki bilan hamkorlikda biznes uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” XAB Germaniyaning “Commerzbank AG” banki bilan hamkorlikda biznes uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda
3 Okt 2025

  Avval xabar berilganidek, shu kunlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki delegatsiyasi a’zolari Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida o‘tkazilayotgan “SIBOS 2025” xalqaro forumida ishtirok etib, qator moliya institutlari bilan uchrashmoqda.
 Shu jumladan, Forum doirasida Germaniyaning eng yirik banklaridan biri bo‘lgan “Commerzbank AG” delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi korxonalariga o‘z ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan asosiy tovarlar narxlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq moliyaviy xatarlarni boshqarish imkonini beruvchi mutlaqo yangi va tarixda ilk bor joriy etilayotgan mahsulotni birgalikda tatbiq qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu mahsulot eksportchilarimizga jahon bozorida o‘z raqobatbardoshlik mavqeini yaxshilash hamda tovarlar bozorida narxlarning ehtimoliy tebranishlariga qaramasdan, ishlab chiqarish jarayonida olinadigan daromadni aniq bashorat qilish imkonini beradi.photo_2025-10-02_18-36- Ma’lumot o‘rnida, “Commerzbank AG”ning aktivlari 555 mlrd yevro, kapitali 36 mlrd yevro, sof foydasi esa 3 mlrd yevroni tashkil etadi. Bank xalqaro loyihalarni faol moliyalashtiradi hamda global iqtisodiyotning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
 Muxtasar qilib baytganda, “Trastbank” XAB delegatsiyasining mazkur xalqaro forumda ishtiroki va qator kelishuvlarga erishishi mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yangi moliyaviy xizmatlarni taqdim etishga zamin yaratadi. Shuningdek, “Trastbank”ning xalqaro moliya bozoridagi mushtahkam o‘ringa ega bo‘lib borayotganini tasdiqlaydi.photo_2025-10-03_12-19-0

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 6
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech