Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB “Asia-Invest Bank”da (Rossiya Federatsiyasi) o‘zbek so‘mida vakillik hisobvarag‘ini ochdi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” XAB “Asia-Invest Bank”da (Rossiya Federatsiyasi) o‘zbek so‘mida vakillik hisobvarag‘ini ochdi
5 Dek 2025

Vakillik tarmog‘ini faol kengaytirish hamda ichki va tashqi bozordagi hamkorlar sonini ko‘paytirish “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
 Bank mijozlarining chegaralararo to‘lovlarini soddalashtirib tezlashtirish, shuningdek, valyutani bevosita almashtirish va operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida “Trastbank” XAB boshqa mamlakatlardagi vositachilarni jalb etmasdan, “Asia-Invest Bank”da (Rossiya Federatsiyasi) o‘zbek so‘mida vakillik hisobvarag‘ini ochdi. Bu esa bank mijozlarining o‘zbek so‘midagi hisob-kitoblar bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradi.
 “Trastbank” XAB o‘z mijozlari, xususan, kichik va o‘rta biznes korxonalariga savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda ko‘maklashadi hamda yangi sharoitlarni inobatga olgan holda biznesni moslashtirishga yordam beradi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 23
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech