“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Toshkent shahridagi YEODJU texnika instituti tomonidan “Islom banki va moliyasi” fani bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.
Unda ushbu oliy o‘quv yurtining “Biznes va moliya” fakulteti 2-3-4-kurs talabalari ishtirok etdi. Sinov jarayonlari ikki bosqichda o‘tkazildi.
Ishtirokchilar dastlab test sinovlarida bilimlarini sinab ko‘rdi. Undan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 nafar talaba ikkinchi bosqichga yo‘l oldi va suhbatdan o‘tdi.
Olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan quyidagi talabalarga qimmatbaho sovg‘alar hamda kitoblar to‘plami berildi. Ahamiyatlisi, ular “Trastbank”ning bosh ofisi va filiallarida amaliyot o‘tab, tajriba orttiradi.
1-o‘rin – Kamola Uzoqmirzayeva, (mobil telefon - Xiaomi Redmi 10);
2-o‘rin – Omina Murotova, (planshet – Samsung Tab A7 lite);
3-o‘rin – Maftuna Soatova (Mi Watch).
Ta’kidlash joizki, mazkur olimpiada bilimga chanqoq talabalar uchun o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha tashkilotlarda amaliyot o‘tashi uchun muhim imkoniyatdir.


