Joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Yasharish va yangilanish ayyomi – Navro‘z, qolaversa, muqaddas Ramazon hayiti bayramlari arafasida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tayotgan ushbu hasharda yosh-u keksa birdek qatnashmoqda.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisi, Amaliyot boshqarmasi hamda hududlardagi bank xizmatlari ofislari va markazlarida faoliyat yurituvchi xodimlar erta tongdan ushbu obodonlashtirish ishlariga bel bog‘lab, faol ishtirok etishmoqda. Binolar atrofi hamda ariq-zovurlar tozalanib, daraxtlarni oqlash va butash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olinmoqda.





