Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” ikkinchi O‘zbekiston iqtisodiy forumida bir qator Memorandum va bitimlarni imzoladi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” ikkinchi O‘zbekiston iqtisodiy forumida bir qator Memorandum va bitimlarni imzoladi
4 Noy 2022

    2022-yil 3-noyabr kuni qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida ikkinchi O‘zbekiston iqtisodiy forumio‘z ishini boshladi. Ikki kun davom etadigan ushbu nufuzli tadbir dunyoning yetakchi iqtisodchilari, taniqli investor va xalqaro ekspertlarni bir makonga jamlamoqda.

2.jpg

    Bu yilda “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” asosiy mavzu qilib olingan bo‘lib, kun tartibida Yangi O‘zbekistonning kelgusi besh yillik taraqqiyot strategiyasi, uning maqsadlari, istiqbollari, imkoniyatlari va vazifalarini ochiq va chuqur muhokama qilish o‘rin olgan. Qolaversa, iqtisodiy o‘sishni taʼminlashda xususiy sektorning roli, o‘zgaruvchan muhitda pul-kredit va makroprudensial siyosat hamda yashil iqtisodiyotga o‘tish zarurati kabi mavzular ham muhokama markazida bo‘ladi.

1.jpg

    Mazkur Forum doirasida bir qator tashkilot va idoralar, xususan, moliya muassasasalari xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida muhim kelishuvlarga erishmoqda.

    Xususan, 3-noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, xodimlarning malakasini oshirish, o‘rta va kichik biznes loyihalarini moliyalashtirishga oid qator Memorandum va bitimlarni imzoladi.

3.jpg

    “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom Korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangani shular jumlasidandir. Unga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes bo‘yicha istiqbolli loyihalarning islom tamoyillari asosida moliyalashtirilishiga doir hamkorlikni davom ettiriladi.

4.jpg

    Taʼkidlash joizki, “Trastbank” XAB va XSRIK o‘rtasidagi hamkorlik 2018 yilda boshlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar jalb qilingan liniyalarning umumiy hajmi 17 million AQSH dollarini tashkil etadi.

5.jpg

    Shu o‘rinda, joriy yil yakuniga qadar O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha Kelishuv imzolanishi rejalashtirilgan.

    Bundan tashqari, Forum doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki islomiy-moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha dasturiy taʼminotni o‘rnatish maqsadida Iordaniyaning “ICS FINANCIAL SYSTEM” Ltd kompaniyasi bilan bitim imzoladi.

7.jpg

    “Trastbank” XAB 2021-yilda mazkur Kompaniya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Kompaniya islomiy moliyalishtirishga oid xizmatlarni ko‘rsatish uchun islom tamoyillariga asoslangan holda hisob-kitob qilish dasturiy taʼminotini taqdim etgan. Shuningdek, bank xodimlarining bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini boyitish maqsadida nufuzli ekspertlar ishtirokida seminar-treninglar tashkil etilgan.

8.jpg

    Mazkur Bitim bilan Bank filiallaridan tashqari, uning qoshida tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subektlarga ushbu dasturiy taʼminotni ishlatish huquqi beriladi.

    Navbatdagi yana bir hujjat ham Forum ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi. Gap shundaki, “Raiffeisen Bank International AG” va “Trastbank” XAB o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

9.jpg

    Maʼlumot o‘rnida qayd etish joizki, 2020-yilda “Trastbank” va Avstriyaning “Raiffeisen Bank International AG” banki o‘rtasida 30 mln yevro miqdorida Bosh kredit kelishuvi imzolangan.

10.jpg

    Avstriyaning eng yirik banklaridan biri va bank xizmatlarining faol xalqaro poydevori sanalgan “Raiffeisen Bank International AG” banki bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining muhim strategik sheriklaridan biri hisoblanadi. Banklar korrespondentlik aloqalari, savdo-moliya va g‘aznachilik kabi sohalarda uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

    Forum doirasida tomonlar o‘rtasida imzolangan bitim ikki moliya muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish bilan birga mutaxassislar malakasini oshirish, bank tizimidagi zamonaviy standartlarni amaliyotga tatbiq etish hamda bu borada o‘zaro tajriba almashishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

    Muxtasar qilib aytganda, Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan azim Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan ushbu ikkinchi O‘zbekiston iqtisodiy forumi va uning doirasida imzolangan hujjatlar qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarish, bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.Zotan, forumning asosiy mavzusida qayd etilganidek, inson manfaatlari iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylanmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1161
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech