Bolajonlarning sifatli ta’lim olishi ko‘p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik ko‘rish jarayoniga bevosita bog‘liqdir. Zero, ilk marta maktabga chiqish kichkintoylarning hayotidagi odatiy turmush tarzi mashg‘ulotlari emas, balki ta’lim olish uchun qo‘yilgan muhim qadamdir.“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami va “Bilimlar kuni” arafasida moliya muassasasida faoliyat yurituvchi xodimlarining 1-sinfga chiqayotgan farzandlari uchun bayram tuhfalarini taqdim etish an’anaga aylangan.Bugun, 27-avgust kuni bo‘lajak o‘quvchilarni tantanali ravishda tabriklash va ularga sovg‘alar ulashish maqsadida “Trastbank” XAB Bosh ofisi hmada BXOlarda bayramona tadbir o‘tkazildi.
Unda “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari K.Gabbazov so‘zga chiqib, bilim olish ishtiyoqi ila ta’lim dargohlari tomon yo‘l olayotgan jajji o‘g‘il-qizlarni bayram bilan tabrikladi. Ularga maktabda bilimlarni a’lo baholarda o‘zlashtirish, kelajakda Vatanimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarini, qolaversa, ilk o‘quv yili yangi marralarga boy bo‘lishini tiladi.Tadbirda bolajonlarga barcha o‘quv qurollari jamlangan maktab sumkasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari sevimli multfilm qahramonlari bilan kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida raqsga tushib, quvnoq o‘yinlar va tanlovlarda qatnashish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mazkur tashabbus doirasida jami 170 nafarga yaqin bolalarga barcha o‘quv qurollari tuhfa qilindi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
250