2026-yil 23-may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Mastercard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasi egalari uchun o‘tkazgan “Trastbank bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasi sovrindorlari aniqlandi. Poytaxtimizdagi “Navro‘z” bog‘ida o‘tkazilgan mazkur tadbirda “Trastbank” XAB rahbariyati, “Mastercard” xalqaro to‘lov tizimi mutasaddilari, moliya muassasi jamoasi va mijozlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, ushbu aksiya 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 28-fevralga qadar bo‘lgan davr ichida o‘tkazilib, quyidagi qimmatbaho sovrinlar o‘ynaldi:
- a) AQShga 1 dona ikki kishi uchun 10 kunlik sayohat yo‘llanmasi;
- b) “Samsung TV” televizori (3 dona);
- d) “Samsung” kir yuvish mashinasi (3 dona);
- e) “iPone 16 Pro” mobil aloqa telefoni (3 dona);
- f) “Apple ipad Air 11” plansheti (3 dona);
- g) elektrosamokat (3 dona).
Bosh sovrin – Xitoyda ishlab chiqarilgan “Lixiang Li 7” gibrid avtomobili (1 dona).
Unda ishtirok etish uchun “Trastbank” tomonidan emissiya qilingan “Mastercard” kartasini olish va u orqali bir kun davomida 10 (o‘n) AQSH dollari hamda undan ko‘p qiymatda tranzaksiyalarni amalga oshirish zarur edi.
Tadbirda sovrindorlar aksiya ishtirokchilari orasidan tasodifiy (random) tanlash orqali aniqlanib, tasdiqlandi. Ushbu jarayonni Bank mijozlari, OAV vakillari, jamoatchilik vakillari bevosita kuzatib bordi. Shuningdek, Bankning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ham jonli efirda namoyish etildi. Bu esa Aksiyaning shaffofligidan dalolatdir.
Natijalarga ko‘ra, quyidagilar aksiya sovrinlari egalari bo‘lishdi:
Elektrosamokat (3 dona)
G‘apparov Muhammadqodir Rahmon o‘g‘li;
Ganiyeva Sogdiana Obidovna;
Askarov Nuralibek Raximbekovich.
“Samsung TV” televizori (3 dona)
Allamurotov Bekzod Bo‘ronboy o‘g‘li;
Asrorov Amirjon Orzikulovich;
Alimov Javohir Tohirovich.
“Samsung” kir yuvish mashinasi (3 dona)
Sabirov Akmal Vasiyevich;
Turg‘unboyeva Shahlo Bahodir qizi;
Zidla Omida Murodulloyevna.
“iPone 16 Pro” mobil aloqa telefoni (3 dona)
Abduraxmonov Azizbek Anvar o‘g‘li;
Uralov Nozimbek Odilbekovich;
Ergashev Sherzod Eshonqulovich.
“Apple ipad Air 11” plansheti (3 dona)
Satiboldiyeva Muborak Kamilovna;
Axmedov Baxtiyor Suxbatillayevich;
Gaziyeva Aziza Azamatovna.
AQShga 1 dona ikki kishi uchun 10 kunlik sayohat yo‘llanmasi
Bozorova Zulayxo Maxmudjonovna
Bosh sovrin – Xitoyda ishlab chiqarilgan “Lixiang Li 7” gibrid avtomobili (1 dona)
Dadaxonova Iqbolxon Xabibullo qizi
Bundan tashqari, tadbirda kulgu ustalari va estrada xonandalarining chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek, bank faoliyati va xizmatlariga oid interaktiv savol-javob o‘tkazilib, faol ishtirok etganlar moliya muassasasining esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.





