Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” 29 yilligi arafasida munosib e’tirof: bankning reytingi yangilandi

Yangilangan sana: 19 Iyun 2023, 09:51
“Trastbank” 29 yilligi arafasida munosib e’tirof: bankning reytingi yangilandi
16 Iyun 2023

Joriy yilda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘zining 29 yilligini nishonlamoqda. Ortda qolgan 29 yil mobaynida moliya muassasasi bir qator xalqaro hamkorlar tomonidan alohida e’tirof etildi, ko‘plab reytinglarda ijobiy o‘rinlarni egalladi. Kuni kecha Bank yana bir e’tirofni qabul qilib oldi.

Gap shundaki, “Axbor-Reyting” reyting agentligi tomonidan 2022-yil natijalariga ko‘ra milliy shkala bo‘yicha “uzA+” darajasidagi individual “ijobiy” prognozi bilan kredit reytingi berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi.

1.jpg

Ta’kidlash joizki, mazkur reyting bankning bozordagi o‘sib borayotgan mavqeyi va imijini, likvidlik holati va yetarli kapitallashuvni hamda faoliyatidagi moliyaviy natijalarning barqaror o‘sib borishini aks ettiradi.

Bundan tashqari, moliya muassasasining ijobiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini namoyon qilib, bank o‘z ish faoliyatida kredit layoqatliligini oshirish bo‘yicha uzluksiz ishlar olib borayotganini tasdiqlaydi. Shuningdek, Bank kapitallashuvi va rentabelligining o‘sishini nazarda tutadi.

Albatta, “Trastbank”ning bu kabi xalqaro reytinglardagi o‘rni yanada yaxshilanishi moliya muassasasining mijozlar ishonchini oqlab kelayotganidan dalolatdir. Qolaversa, ushbu e’tirof Bankning 29 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi, desak mubolag‘a emas.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 257
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech