Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trast Leasing” MChJning 12 yilligi bilan tabriklaymiz!

Yangilangan sana: 7 Fevral 2023, 12:47
“Trast Leasing” MChJning 12 yilligi bilan tabriklaymiz!
7 Fev 2023

Bundan 12 yil avval “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining lizing sho‘ba xo‘jalik korxonasi tashkil etilgan etilgan edi.

Ushbu Kompaniya iqtisodiyotimizning turli soha va yo‘nalishlarida mavjud bo‘lgan lizing operatsiyalari, ularni amalga oshirish va moliyalashtirish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatadi.

E’tiroflisi, 2012-yilda “Trast Leasing” MCHJ O‘zbekiston Respublikasi lizing hamjamiyati tomonidan yilning eng yaxshi lizing kompaniyasi, deb e’tirof etildi va “Oltin portfel” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

O‘tgan vaqt mobaynida mazkur Kompaniya biznesni boshqarish, mijozlarni jalb qilish va uzoq muddatli hamkorlikda mas’uliyatli munosabat va professionallikni namoyish etdi. Salmoqli natijalarga erishib, lizing xizmatlari bozorida yetakchiga aylandi. Albatta, bunda ahil va professional jamoa muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu o‘rinda, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi “Trast Leasing” MCHJning barcha xodimlarini muassasaning 12 yilligi bilan muborakbod etadi. Ushbu Kompaniya yanada ko‘proq salmoqli natijalarga erishishi, shuningdek,  xodimlariga muvaffaqiyatlar hamda sihat-salomatlik tilaydi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 407
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech