Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish – muvaffaqiyat garovi

Yangilangan sana: 13 Aprel 2024, 15:41
Tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish – muvaffaqiyat garovi
13 Apr 2024

Tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish – muvaffaqiyat garovi

Bank xizmatlari ofislarida mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish standartlari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini o‘rganish, ularni tahlil qilish va ushbu yo‘nalishdagi muammolarni bartaraf etish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Shu jihatdan Tashqi marketing kompaniyasi tomonidan Bankning Amaliyot boshqarmasi va hududlardagi Bank xizmatlari ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati muntazam ravishda “Sirli mijoz” usuli asosida o‘rganib boriladi.

Artboard 4


Artboard 7

Yaqinda “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tomonidan “Jizzax”, “Samarqand” va “Buxoro” bank xizmatlari ofislarida “Sirli mijoz” usuli asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi o‘rganish natijalari yuzasidan amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Artboard 3


Artboard 6

Ularda BXO va ularning tasarrufidagi markazlari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari, “Reception” yo‘nalishlarida ish yurituvchi xodimlarning mijozlarga o‘rnatilgan standartlar asosida xizmat ko‘rsatishiga doir tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi. 

Artboard 5

O‘z faoliyatida yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etganlar e’tirof etilib, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Artboard 14


Artboard 9  

Shuningdek, seminar yakunida bank xodimlarining barcha qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 179
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech