Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” tashabbusi bilan poytaxtimizdagi bir qator mahallalarda kutubxonalar tashkil etildi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” tashabbusi bilan poytaxtimizdagi bir qator mahallalarda kutubxonalar tashkil etildi
29 Apr 2024

Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi. Kitob mutolaasi esa kishining ong-u tafakkurini teranlashtirib, qalbiga ezgu niyatlarni jamlaydi, yaxshiliklar olamiga yetaklaydi. Maʼnaviyat sarchashmasi bo‘lgan kitobga xalqimiz azaldan o‘zgacha mehr qo‘ygan. Kitobxonlik qon-qongimizga singib ketgan, desak ham mubolag‘a emas.Soʻnggi yillarda turli tashkilot va idoralar hamda mahallalarda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini yanada  rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.photo_2024-04-29_19-42

photo_2024-04-29_19-42-43

Shu jihatdan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tashabbusi bilan poytaxtimizdagi “Bo‘ston”, “Beltepa”, “Al-Xorazmiy”, “Kamolon darvoza”, “Gulobod” va “Beshqayrag‘och” mahalla fuqarolar yig‘inlarida shinam kutubxonalar tashkil etilib, foydalanishga topshirildi. Jahon va milliy adabiyot namunalari, bolalar uchun qiziqarli asarlar to‘plami, qolaversa, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega jami 6 mingga yaqin kitoblar mahalla ahlida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mazkur kutubxonalarning ochilishi chinakam ma’noda bayramga aylanib, har bir yosh-u keksaga quvonch bag‘ishladi.

photo_2024-04-29_19-42-53

photo_2024-04-29_19-43Yana bir jihatga alohida e’tibor qaratish joiz. Mahallalarda bu kabi ko‘rkam va mo‘jaz kutubxona tashkil etilishi nafaqat aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga, balki shu hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda. Ya’ni ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi aholining ish bilan ta’minlanishiga ham erishilmoqda.
2024-yil 1-mart holatiga ko‘ra, “Bo‘ston” mahallasida 7 910 nafar aholi, shu jumladan, 2 237 nafar yosh, 3 919 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Mahallada kitobxonlikni targ‘ib qilish barobarida aholining bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, mahallaning ixtisoslashuvini kuchaytirish, hududdagi zaxira va imkoniyatlarni ishga tushirish orqali kambag‘allikni qisqartirish kabi masalalarga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.photo_2024-04-29_19-42-48

photo_2024-04-29_19-42-45

– Mahallamizda jami 8520 nafar aholi yashaydi, shundan 4176 nafari xotin-qizlardir, – dedi “Beltepa” MYF raisi Komiljon Karimov. – Bu kabi ko‘rkam kutubxona juda zarur edi. Boisi, nafaqat yoshlar, balki keksa avlod ham bo‘sh vaqtini endi ana shu ziyo maskanida o‘tkazadi. Ko‘rib turganingizdek, o‘zining nabiralarini, farzandlarini ushbu kutubxonaga olib chiqib, kitob mutolaa qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Mazkur kutubxona tashkil etilishi bilan mahallamizda yana bir fuqaro ish bilan ta’minlandi. Albatta, bu kabi imkoniyatni taqdim etgan “Trastbank”ka alohida minnatdorlik bildiramiz.
“Al-Xorazmiy” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro, III guruh nogironi Ra’no Ashurova ham mazkur hududda kutubxona tashkil etilganidan mamnunligini bildirdi.

photo_2024-04-29_19-42-21.

photo_2024-04-29_19-42-34– Men bolaligimdan kitoblarni sevib mutolaa qilardim, – dedi u. – Kitobga bo‘lgan mehrim meni mana shu maskanga kutubxonachi lavozimida ishga qabul qilinishimga ham turtki bo‘ldi. To‘g‘risi, bu oilaviy budjedimizga ham ancha foydalidir. Sababi, ishga borish-kelishda yo‘lkira sarflamayman. Uyimiz mahallaning shundoq biqinida joylashgan. Taqdim etilgan mingdan ziyod kitoblar, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kompyuter texnologiyalari mahallamiz ahlini, yosh-u keksani birdek quvontirmoqda.photo_2024-04-29_19-42-37.Darhaqiqat, axborot-komunnikatsiyalar borasida yutuqlarga erishish barobarida aholi, ayniqsa, o‘g‘il-qizlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish borasidagi ushbu sa’y-harakatlar alohida e’tirofga sazovor. Zotan, bu kabi ziyo maskanlari va undagi kitoblar hayotni, Ona Vatanni, oila va mahallani, qolaversa, atrof-muhit hamda tabiatni sevishga undaydi.photo_2024-04-29_19-42-40

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 174
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech