2025-yil 16-oktabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida moliya muassasasining Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti tomonidan seminar o‘tkazildi. Unda mazkur tuzilma mutasaddilari, hududlardagi BXOlarda ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritadigan mas’ullar ishtirok etdi. Seminarda “ISO 20022” standartiga o‘tish masalalari muhokama qilindi, qolaversa, tovar risklarini xedjlash mavzusi ko‘rib chiqildi. Ma’lumot o‘rnida, “ISO 20022” xalqaro standart boʻlib, toʻlovlar va boshqa operatsiyalar uchun moliya institutlar oʻrtasida elektron xabar almashishning yagona qoidalari hamda formatlarini belgilaydi.
Bundan tashqari, seminarda Departament va uning bo‘linmalariga tegishli masalalar, jumladan, so‘nggi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.