Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Sirli mijoz” – xizmat sifatini oshirishning samarali vositasi

Yangilangan sana: ...
“Sirli mijoz” – xizmat sifatini oshirishning samarali vositasi
25 Sen 2026

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, bu borada joriy etilgan standartlarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida moliya muassasasi xodimlarining faoliyati “Sirli mijoz” tadbirlari asosida o‘rganib boriladi.

1W7A7296.JPG

1W7A7288.JPG

 Amaliyot boshqarmasi va “Toshkent” bank xizmatlari ofislarida “Sirli mijoz” usuli asosida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha amaliy treninglar bo‘lib o‘tdi. Ularda “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti mas’ul xodimlari hamda Tashqi marketing kompaniyasi mutasaddilari tomonidan bank mahsuloti hamda xizmat ko‘rsatish jarayonidagi ijobiy va salbiy jihatlari yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.

1W7A7314.JPG

 Bundan tashqari, “sirli mijoz” nazorat tadbirida qatnashgan har bir xodim kesimida uning baholash anketasi tahlili amalga oshirildi. Jumladan, xodimlarning mijozlarga standartlar asosida xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari muhokama qilindi. 

1W7A7301.JPG

 Shuningdek, amaliy treninglar jaryonida xodimlarning xizmat ko‘rsatish sifati, bank mahsulotlari va xizmatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator takliflar bildirildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 18

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech