Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Samarqandda “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun “team building” o‘tkazildi

Yangilangan sana: 13 Oktabr 2025, 18:21
Samarqandda “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun “team building” o‘tkazildi
13 Okt 2025

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan respublikamiz bo‘ylab 101 ta mahallada “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular tomonidan aholining biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish, kamg‘allikni qisqartirish bo‘yicha bir qator sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, fuqarolarning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil olib borilmoqda.photo_2025-10-13_17-54-

photo_2025-10-13_17-56-24 Tabiiyki, buning uchun ularning malakasini oshirib borish, moddiy-texnik tomondan qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, “mahalla bankiri” ish samaradorligini yanada yaxshilash hamda mavjud platformalardan samarali foydalanishini taʼminlash maqsadida ular metodik qo‘llanmalar va “planshet”lar bilan taʼminlandi.photo_2025-10-13_17-54-18. Albatta, mazkur sa’y-harakatlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Buni quyidagi raqamlar misolida ham ko‘rish mumkin. Joriy yil boshidan 1-oktabrga qadar 3 327 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Buning natijasida 6 ming 800 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.photo_2025-10-13_17-54-51 Yana bir jihat. “Mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”larning ish samaradorligini oshirish borasida muntazam ravishda o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda. Samarqandda “Trastbank”ning Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi “mahalla bankir”lari va “yordamchi-agent”lar uchun tashkil etilgan navbatdagi “team building” tadbirlari jamoalarni bir maqsad sari jamladi. “Mening mahallam – kelajakda farovon mahalla” mavzusida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda har bir jamoa tomonidan o‘z faoliyati aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.photo_2025-10-13_17-55-15Bundan tashqari, biznes-reja tuzish, mijoz bilan ishlash, bank mahsuloti va xizmatlarini sotish bosqichlari, ularning shartlarini tushuntirish, mijoz e’tirozlari bilan ishlash yuzasidan tushunchalar berildi.photo_2025-10-13_17-55-19. Tadbirda kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida faol ishtirok etib kelayotgan “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar, qolaversa, kichik biznes egalari “Trastbank” tomonidan faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.photo_2025-10-13_17-54-30

photo_2025-10-13_17-54-34

photo_2025-10-13_17-55-06 “Trastbank”ning Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi “mahalla bankir”lari va “yordamchi-agent”lari uchun madaniy tadbir ham tashkil etildi. Samarqanddagi “Boqiy shahar”, Registon maydonida namoyish etilgan lazer shovdan bahramand bo‘lib, zavq tuyishdi.photo_2025-10-13_17-53-47

 O‘tkazilgan ushbu tadbirlar, e’tibor va e’tirof ularga jo‘shqin shijoat va haqiqiy motivatsiya berdi, desak mubolag‘a emas.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 12
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech