Ijtimoiy tarmoqda “Trastbank” XABning “Samarqand” bank xizmatlari ofisida mijoz shaxsini tasdiqlovchi hujjat (passport)ning faqat elektron nusxasini taqdim etganligi sababli 200 AQSh dollari miqdorida valyuta sotib ololmaganidan shikoyat qilib murojaat e’lon qilgan.
Shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining qaroriga muvofiq mijozlar tomonidan ekvivalenti 100 AQSH dollaridan oshgan miqdorda chet el valyutasining sotib olinishi uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi talab etiladi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
28