“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan Nukus va Urganch shaharlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati Birja savdolari ishtirokchilari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari hamda brokerlar uchun “Trastbank” tomonidan yaratilgan qulay bank mahsulotlari va xizmatlari borasida amaliy seminar o‘tkazildi.


Unda moliya muassasalari Bosh ofislari mutasaddilari, “Xorazm” va “Nukus” bank xizmatlari markazlari masʼullari, Respublika Tovar-xom ashyo birjasi hududiy bo‘linmalari rahbarlari, birja savdolarida qatnashuvchi tadbirkorlar va brokerlar ishtirok etdi.


Seminarda “Trastbank” XAB Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori O.Do‘stmuhamedov o‘z taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyosi birjasi ishtirokchilari hisoblangan tadbirkorlik subyektlari hamda brokerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan bank mahsulotlari va xizmatlari, jumladan, birja savdolari ishtirokchilari va brokerlar uchun qulay shartlarda ishlab chiqilgan milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” tarif rejalari, tadbirkorlik va chakana kredit mahsulotlari hamda Birja hisobvaraqlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha yaratilgan qulayliklar yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.

Shuningdek, seminarda ishtirokchilar tomonidan bank mahsulotlari va xizmatlarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi hamda ularning savollariga masʼullar tomonidan batafsil javoblar berildi.



