Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

"Trastbank" yana yangi mini-bank ochdi

Yangilangan sana: 14 Avgust 2020, 16:20
"Trastbank" yana yangi mini-bank ochdi
14 Avg 2018

"Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki Namangan va Samarqand viloyatlarida yana yangi ikkita mini bank ochdi.

2018 yilning 13 avgustidan boshlab bankning Namangan va Samarqand filiallari qoshida "Mingbuloq" va "Toyloq" mini banklari o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur mini banklarning asosiy funksiyasi “Trastbank”ning mavjud va yangi mijozlariga korporativ biznes sohasida keng doiradagi bank xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, bank tomonidan qabul qilingan yangi strategiyaga muvofiq, “Trastbank” faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri savdo shaxobchalarini kengaytirish yo‘li bilan keng ko‘lamli chakana biznesni rivojlantirishdan iborat.

Yurtimiz bo‘ylab bankning 59 ta mini banki, shundan 12 tasi Toshkent shahrida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda bankning jami filiallari soni 11 tani tashkil qilib, 4 tasi Toshkent shahrida va 7 tasi O‘zbekiston bo‘ylab mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.

Yangi mini banklarning manzili va telefon raqamlari:

"TOYLOQ" mini banki – Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Amir Temur ko‘chasi, 33 A uy.

Tel: 0 (366) 666-51-30

"MINGBULOQ" mini-banki – Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, Ozodlik ko‘chasi, 51-uy

Tel: 0 (369) 452-19-77

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1448

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech