Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Faoliyatning eng yaxshi natijalari: «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki xalqaro standart talablarga muvofiq deb topildi

Yangilangan sana: 30 Dekabr 2018, 13:02
Faoliyatning eng yaxshi natijalari: «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki xalqaro standart talablarga muvofiq deb topildi
29 Dek 2018

Joriy yilning 29 dekabr kuni “Sertifikatlashtirish uyushmasining«Russian Register»» (Rossiya) xalqaro sertifikatlash organi auditorlari guruhining yakuniy yig‘ilishi natijalariga ko‘ra, “Trastbank xususiy aksiyadorlik bankiga Sifat Menedjmenti Boshqaruv Tizimi (RVI, IAF) talablariga javob beradigan ISO 9001: 2015 sertifikati tantanali ravishda topshirildi.

photo_2018-12-29_12-31-59.jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan Sifat Menedjmenti Boshqaruv Tizimi (RVI, IAF) ISO 9001: 2015 standartini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentabrdagi 3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Uzoq va murakkab tanlov yakunlariga ko‘ra, bank sohasida qolaversa, boshqaruv konsalting sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan «SMS SYSTEMS» mas’uliyati cheklangan jamiyati konsultantlari bilan hamkorlikda hamda bank vakillaridan iborat ishchi guruhi tashkil etildi. Ishchi guruhi tomonidan Sifat Menedjmenti tizimini yaratish bo‘yicha jadval tuzilgan va loyiha ishga tushirilgan.

photo_2018-12-29_12-32-13.jpg

“Joriy yilda bankimiz tashkil etilganiga 24 yil to‘lgan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida bankimiz moliyaviy xizmatlar bozorida mustahkam o‘rinni egallab, o‘zigagina xos bo‘lgan ish uslubini yaratish, marketing siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishdi. Alohida Sifat Menedjmenti tizimiga to‘xtaladigan bo‘lsam, albatta mijozlarimizda buning qanday afzallik taraflari bor?, - degan savol tug‘ilishi tabiiy. Birinchi galda, belgilangan bank tavakkalchiligini baholash mezonlarini takomillashtirish, kreditlash ko‘lamini oshirish, bank xizmat turlarini kengaytirish va ish uslubini tubdan yaxshilash, mijozlarning bankka nisbatan ishonchli institutsional hamkor sifatida qarashlarini mustahkamlash borasida ishonch bildirishlari mumkin bo‘ladi, - dedi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari Furqat Samarxodjayev.

Xususan, bu jarayonda mijozlar ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining yuksak talablariga ega bo‘lganligini his etadilar hamda bank xizmatlarini takomillashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi aniq mexanizmlar yaratiladi. Ushbu xalqaro standartni amalga oshirish mijozlarga nisbatan bankning nuqtai nazarini tahlil qilish uchun asos yaratadi. Shu bilan birga, ko‘rsatiladigan xizmat sifatini yaxshilash va xizmatlar doirasini kengaytirish uchun omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda bank tizimining rolini oshirishdagi muhim yo‘nalish bo‘lishiga yana bir imkoniyat deb bilaman.

photo_2018-12-29_12-32-47.jpg

Shuningdek, mijozlarning ehtiyojlarini hisobga olinishini kafolatlash va bank uzoq muddatli rivojlanish dasturi bilan ishonchli sherik sifatida xizmat ko‘rsatishning eng yuqori standartlarini ta’minlashi lozim. Bunday kafolatlarning samarali va universal e’tirof etilgan vositalaridan biri esa, bankning Sifat Menedjmenti tizimi ISO 9001:2015 standarti talablariga muvofiqligini sertifikatlashdir. Mazkur yo‘nalishda ishlab chiqilgan Boshqaruv tamoyillari esa raqobatbardosh bank yaratishda xalqaro hamjamiyatning eng yaxshi tajribasini o‘z ichiga olish bilan birga, muvaffaqiyatli biznesning barcha elementlarini va dunyodagi eng yaxshi boshqaruv amaliyotlarini o‘z ichiga oladi, - deya o‘z so‘zini yakunladi Furqat Samarxodjayev.

photo_2018-12-29_12-33-00.jpg

Mazkur standart ISO standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan va bugungi kunda dunyoda eng mashhur hisoblanadi.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Boshqaruv tizimini yaratish bank xizmatlarining barcha turlari uchun amalga oshirildi. Bugungi kunda Boshqaruv tizimi Bosh ofis, Amaliyot boshqarmasi, bankning “Darxon” va Samarqand filiallari faoliyati doirasida joriy etilgan. Keyingi qadamlarda esa, Sifat Menedjmenti tizimi chegaralarini bankning barcha hududiy filiallarida bosqichma-bosqich joriy etishni o‘z ichiga oladi.

Sifat Menadjmenti tizimini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar bankning barcha faoliyatiga ta’sir ko‘rsatdi. ISO 9001 talablarini bajarish borasida bank tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirildi, unda har bir xodim konsultantlar tomonidan berilgan maslahatlarga amal qilgan holda ishtirok etdi. Ishlab chiqilgan tizim bankning barcha o‘ziga xos xususiyatlariga to‘la javob beradi va ISO 9001 standarti bo‘yicha taqdim etiladigan uzluksiz takomillashtirish vositalarini o‘z ichiga oladi. Xususan, konsultantlar tomonidan professional darajada tashkil etilgan ko‘plab seminarlar, treninglar, qolaversa xodimlar va personal menedjerlarga berilgan shaxsiy maslahatlar tufayli ushbu maksimal natijaga erishildi.

photo_2018-12-29_12-33-01.jpg

Bunday loyihaning dastlabki tajribasi bank faoliyatida ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga bankning faoliyatini tashqaridan kuzatish imkonini berdi. Shu bilan birga, ISO 9001:2015 xalqaro standartlar talablariga javob beradigan Sifatli Menedjment tizimi tamoyillari va talablarini qo‘llash orqali mos ravishda bank o‘z faoliyatini takomillashtirishiga imkoniyat yaratdi.

Bugun “Mustaqil Sertifikatlashtirish uyushmasining «Russian Register»» (Rossiya)ning xalqaro e’tirofiga sazovor deb topilgan “Trastbank” XAB jamoasi erishgan yutuqlardan to‘xtamaslikka va mijozlarga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari sifatini yanada kengaytirish va yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan boshqaruv sifatini doimiy ravishda takomillashtirishni o‘z oldiga maqsad qildi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1054
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech