Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Eksport salohiyatini oshirish maqsadida uch tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi
29 Nov 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 dekabrdagi “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlash va eksportni rag‘batlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5286-sonli hamda 2018 yil 29 noyabrdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5587-sonli Farmonlari ijrosini ta’minlash, xususan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va O‘zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi rahbarlarining Moskva shahriga tashrifi doirasida, joriy yilning 29 noyabrida O‘zbekiston elchixonasining Rossiya Federatsiyasidagi xodimlari ishtirokida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki, “Aziya Invest Bank” aksiyadorlik tijorat banki va O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi o‘rtasida uch tomonlama o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum” imzolandi.

photo_2019-11-29_14-00-59.jpg

Mazkur Memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-4484-sonli qarorida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki, “O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi” va “Aziya Invest Bank” hamkorligidagi faoliyatini rivojlantirish, mijozlar o‘rtasidagi hisob-kitob operatsiyalarini hisobvaraqlari orqali amalga oshirish uchun yagona xizmat ko‘rsatish mexanizmini joriy etish va alohida infratuzilmani takomillashtirishni ta’minlaydi.

photo_2019-11-29_14-01-07.jpg

Ushbu mexanizm birja savdolari hisob-kitoblarini optimallashtirishda qo‘shimcha bank vositalaridan foydalanishga imkon berish bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi tashqi savdo hajmini oshirish bo‘yicha strategik vazifalarni hal qilish uchun ham xizmat qiladi.

Imzolangan Memorandum, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga alohida e’tibor berishni ham nazarda tutadi.

photo_2019-11-29_14-01-12.jpg

P.S: Bugungi kunda vakillik hisobvaraqlari orqali mijozlarning hisob-kitob operatsiyalarini optimallashtirish va takomillashtirish, tashqi savdo aylanmasi hajmini oshirish va bank mijozlarining harajatlarini minimallashtirish, shuningdek tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlash, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki oldida turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 47

Boshqa yangiliklar:

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9537.55
10545.67
12527.57
149.88
9631.94
87.83
Sotib olish
9500.00
10100.00
12000.00
100.00
9100.00
70.00
Sotish
9550.00
10600.00
12700.00
160.00
9700.00
100.00
 
26.56
69.31
227.01
2.09
119.05
0.98
10.12.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech