Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida bitim imzolandi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi o‘rtasida bitim imzolandi
29 Iyul 2020

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan bevosita hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda davom etmoqda.

Bank mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 17 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 maydagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan chora-tadbirlar doirasida Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (Islom Taraqqiyot bankining sho‘ba korxonasi) bilan savdoni moliyalashtirish maqsadida 8 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasi ajratish to‘g‘risidagi bitim imzoladi.

Bitimning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy texnologik uskunalar va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yo‘li bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdan iborat. Kelishuv shartlariga muvofiq, taqdim etiladigan loyihalar Shariat qonuniga muvofiq bo‘lishi kerak. Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan ajratilgan ushbu liniyaning maqsadi bir yilgacha bo‘lgan muddatga amal qiladigan savdo operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

Shubhasizki, mazkur moliyalashtirish liniyasi bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirishga, qolaversa yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga mustahkam zamin yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 12 noyabrida Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi «Trastbank" xususiy aksiyadorlik bankiga 4 mln. AQSh dollari miqdorida savdoni moliyalashtirish liniyasini ajratgan edi. Bugungi kunda ushbu mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilgan.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1492
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech