Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  27 Yanvar 2020, 20:04

  “Islomiy darcha” tamoyillarining joriy etilishi bo‘yicha dasturiy ta’minot kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
27 Jan 2020

Ma’lumki, 2019 yilning 22 avgust kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida “Islomiy darcha” xizmatini bankda tadbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Mazkur imzolangan konsultativ xizmatlar shartnomasi shartlari doirasida joriy yilning 20-24 yanvar kunlari “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida bank rahbariyati va tegishli soha mutaxassislari ishtirokida dasturiy yechimlar yetkazib beruvchi Oracle, Path-Solutions, ICSFS, IS va Lyst-Tech axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

IMG_0694.gif

Ta’kidlash joizki, islomiy bankchilik – dunyoning qator mamlakatlarida keng qo‘llaniladigan moliyalashtirish tamoyillariga mos keladigan moliyaviy xizmatlarning muqobil turi bo‘lib, o‘ziga xos axborot texnologiyalarini qamram oluvchi dasturiy ta’minot asosida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatiladi.

IMG_0723.gif

Shu bois, yuqoridagi axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kompaniyalar vakillari bankning tegishli mutaxassislariga “Islomiy darcha” tamoyillari bo‘yicha axborot yechimlari, ularni yetkazib berish shartlari va ishga tushirish jarayonida dasturiy ta’minotni o‘rnatish borasida batafsil ma’lumotlar berdilar hamda o‘zlarining slayd ko‘rinishidagi taqdimotlarini taqdim etdilar.

IMG_0725.gif

P.S: “Islomiy darcha” tamoyili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 maydagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.

IMG_0745.gif

IMG_0775.gif

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 79

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9526.28
10329.35
12354.63
148.82
9740.57
85.38
Sotib olish
9510.00
10230.00
12000.00
130.00
9600.00
70.00
Sotish
9560.00
10550.00
12450.00
170.00
9900.00
100.00
 
-2.21
10.00
-76.24
-1.25
37.42
-1.45
MB kursi - 25.02.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 11.02.2020 11:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech