Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Yangilangan sana:  23 Aprel 2020, 14:17

Trastbank onlayn ochilgan milliy valyutadagi hamda xalqaro to‘lov kartalarini uyga yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi
23 Apr 2020

  • Shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan bank xodimlari mijozga o‘z plastik kartalarini topshirish uchun ularning yashash manzillariga tashrif buyurmoqda.
  • Bu bank mijozlariga hattoki universal yakkalanish sharoitida ham shaxsiy uylaridan chiqmagan holda bank operatsiyalarini amalga oshirishga imkon beradi.
  • Bank plastik kartalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rasmiy veb sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Joriy yilning 23-aprelidan boshlab “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlarga onlayn ochilgan milliy valyutadagi va xalqaro to‘lov plastik kartalarni mijozning yashash manziliga yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu bank mijozlariga o‘z salomatliklarini taʼminlash bilan birga, uy sharoitida ham bank plastik kartalarini o‘z mobil qurilmalariga biriktirgan holda barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Bank plastik kartasiga ega bo‘lishni istagan fuqaro bankning rasmiy veb sayti orqali milliy valyutadagi Uzsard va Humo plastik kartalariga hamda Mastersard xalqaro to‘lov kartasiga onlayn ariza beradi. Yetkazib berish tartibi juda sodda. Onlayn buyurtma berib, mijoz yetkazib berish uchun qulay kunni, shuningdek vaqt va joyni tanlaydi. Belgilangan vaqt oralig‘ida bank mutaxassisi kartani, PIN-konvertni va hujjatlarni maxsus xavfsiz paketda mijozning yashash manziliga BEPUL yetkazib beradi. Kuryer bilan uchrashuv 20 daqiqadan oshmaydi. Mijozni identifikatsiya qilish jarayoni tugatgandan so‘ng, kuryer ofisga qaytib keladi, u yerda bank mutaxassisi kuryer bilan barcha hujjatlarni tekshirib, mijozning kartasini faollashtiradi.

Shuningdek, aprel-may oylari davomida bank plastik kartasi egasi bo‘lish istagidagi mijozlar uchun Mastersard xalqaro kartasi BEPUL ochib beriladi. 

Uzsard va Humo millliy valyutadagi hamda Mastersard xalqaro bank plastik kartalari Trastbankning filiallari joylashgan Toshkent shahri va viloyatlari (viloyat shahar markazlari) mijozlari uchun hududiga qarab 3 kundan 7 kungacha bo‘lgan muddatda yetkazib beriladi.

Yana shuni ham qayd etish joizki, bankning Visa xalqaro kartasi mavjud mijozlari uchun Mastersard xalqaro plastik kartasi hech bir to‘lovsiz (bepul) ravishda alishtirib beriladi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 110

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
10139.30
11051.84
12333.44
141.35
10443.20
94.22
Sotib olish
10110.00
10500.00
12000.00
100.00
10000.00
70.00
Sotish
10200.00
11500.00
13500.00
160.00
11000.00
110.00
 
9.74
96.72
72.62
3.81
15.41
-0.43
MB kursi - 26.05.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 08.05.2020 15:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech