Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank: Tashqi savdo faoliyati va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: 22 Yanvar 2021, 16:34
Trastbank: Tashqi savdo faoliyati va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish mavzusida seminar o‘tkazildi
22 Yan 2021

Joriy yilning 20 yanvar kuni «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida Bank O‘quv markazi va Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti bilan hamkorlikda Amaliyot boshqarmasi va filiallarning tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limlari xodimlari uchun “Tashqi savdo faoliyati va valyuta operatsiyalarini amalga oshirish” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

photo_2021-01-22_14-07-42.jpg

Seminarda so‘zga chiqqan Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti direktori Vyacheslav Pay xodimlarning kasbiy salohiyatlarini rivojlantirish, odob-ahloq qoidalariga rioya qilish, bank imijiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bank xodimining mijozlarga xizmat ko‘rsatishi va 2021 yil uchun tasdiqlangan biznes-reja parametrlarining bajarilishiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

IMG_9001.JPG

Shuningdek, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun bank komissiyalari undirish, qo‘shimcha bank xizmatlarini ko‘rsatish, xizmat ko‘rsatish sifati va tezligini oshirish orqali samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yangi korporativ mijozlarni jalb qilish bo‘yicha tegishli ishlarni olib borish orqali mijozlar bazasini kengaytirish, jumladan savdoni moliyalashtirish va valyuta operatsiyalari sohasida moslashtirilgan moliyaviy yechimlarni taklif qilish orqali mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini rivojlantirish kabi masalalar keng yoritildi.

IMG_9015.JPG

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 462
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech