Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB va Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi

Yangilangan sana: 1 May 2024, 09:45
“Trastbank” XAB va Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi
1 May 2024

Shu kunlarda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Islom taraqqiyot banki guruhi kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ham ishtirok etmoqda.

Mazkur uchrashuv doirasida “Trastbank” XAB va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat ikki moliya instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarib, mamlakatimizda islom shariati tamoyillari asosida kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish bo‘yicha bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga zamin yaratadi.

Qayd etish kerakki, XSRIK bilan 2018-yilda boshlangan hamkorlik yildan-yilga muvaffaqiyatli kengayib bormoqda. Bugungi kunga qadar XSRIK tomonidan “Trastbank” XAB uchun 37 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratildi. Islom taraqqiyot bankidan jalb qilingan resurslarning umumiy miqdori esa 80 million AQSH dollaridan ortiqni tashkil etadi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 182
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech