Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

O‘zbekiston taraqqiyotida saylovlarning ahamiyati

Yangilangan sana: 18 Noyabr 2019, 16:23
O‘zbekiston taraqqiyotida saylovlarning ahamiyati
15 Noy 2019

Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlarning oldingisidan keskin farqi bor. Bu yilgi saylov kompaniyasiga “Yangi O‘zbekiston - Yangi saylovlar” shiori ostida start berildi.

Bugun 15 noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida Bank O‘quv markazi hamda Shayxontohur tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Shayxontoxur tumani Kengash raisi Abdullayeva Iroda Daronovna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Bosh ofis va Amaliyot boshqarmasi xodimlari va mutaxassislar ishtirok etdi.

DSCN8152.JPG

Tadbirda mamlakatimiz muhim siyosiy jarayonlar arafasida ekanligi, 22 dekabr kuni parlament va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga o‘tkaziladigan saylovlarda qaysi sohada faoliyat yuritishidan qat’i nazar har bir fuqoro faol ishtirok etishi lozimligi ta’kidlandi.

Qayd etildiki, bu yilgi saylovlarning “Yangi O‘zbekiston - Yangi saylovlar” shiori ostida o‘tkazilishida chuqur ma’no bor. Mazkur saylovlarning natijasi va yakunlari yangilanayotgan O‘zbekistonning taqdiri uchun juda dolzarb ahamiyatga ega.

DSCN8147.JPG

Uchrashuv bank xodimlarlarining saylov qonunchiligi borasida bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilib, unda qatnashchilar yangi Saylov Kodeksi mazmuni bilan yaqindan tanishtirildi.

DSCN8148.JPG

Uchrashuv yakunida “Trastbank” xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. 

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 668
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech