Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi Ijro etuvchi Direktorining “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga tashrifi

Yangilangan sana: 10 Iyun 2019, 18:07
Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi  Ijro etuvchi Direktorining “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga tashrifi
10 Iyun 2019

Joriy yilning 10 iyun kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rahbariyati Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasining Ijro etuvchi Direktori janob Ayman Amin Sedjini boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

photo_2019-06-10_15-24-19.jpg

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2017 yil 20 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3439-sonli hamda 2019 yil 5 martdagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi jamg‘armalari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4224-sonli qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim voqea bo‘ldi.

Ma’lumki, 2018 yilning 9 iyulida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki delegatsiyasining Jidda shahriga (Saudiya Arabistoni) tashrifi doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) o‘rtasida imzolangan Bitim doirasida 7 000 000 AQSh dollari miqdorida ajratilgan kredit liniyasi 1 kalendar oyi mobaynida o‘zlashtirilgan.

Jumladan, mazkur yo‘nalish doirasida sanoat ishlab chiqarish sohasida qator investitsiya loyihalari moliyalashtirilgan bo‘lib, kabel ishlab chiqarish sohasiga, elektron qismlarni ishlab chiqarish sohasiga, qurilish sohasiga va maishiy texnika ishlab chiqarish sohasiga ajratilgan kredit liniyalari hisobidan respublikamizda jami 50 taga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratishga erishildi.

- Bugungi kunda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining xalqaro darajadagi muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi, - deydi Bank Boshqaruvi RaisiSardor Normuxamedov.

O‘tgan 25 yil davr mobaynida bank moliyaviy xizmatlar bozorida mustahkam o‘rin egallab, o‘zigagina xos bo‘lgan ish uslubini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan, bank o‘z faoliyati davomida keng mijozlar bazasini yaratdi, jumladan, respublika bo‘ylab bankning 11 ta filiallar tarmog‘i aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatmoqda. Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi tomonidan ajratilgan kredit liniyasi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining xalqaro biznesni rivojlantirishning yangi bosqichiga erishishiga imkon yaratdi, - deya so‘zini yakunladi Sardor Normuxamedov.

Qizg‘in mubohasalar bilan o‘tgan uchrashuv davomida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov bank faoliyati natijalari va o‘zlashtirilgan kredit liniyalari haqida batafsil ma’lumot berib, hamkorlikning navbatdagi bosqichi sifatida mavjud moliyalashtirish liniyasini oshirish imkoniyatlari va o‘zaro hamkorlikning shakllari xususida so‘z yuritdi.

Uchrashuv yakunida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Mazkuruchrashuv hamkorlikni yanada kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarishga alohida turtki berish bilan birga, shubhasiz, bank tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirishga, qolaversa respublikamizda yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga mustahkam zamin yaratadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1174
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech