Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Go‘zal va qadimiy Samarqand sayqaliga sayohat

Yangilangan sana: ...
Go‘zal va qadimiy Samarqand sayqaliga sayohat
10 Dek 2018

O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu nafaqat davlat byudjetini ko‘paytirishga yordam beradi, balki aholiga bayram kunlarini maroqli o‘tkazish hamda yurtimizning diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish imkonini yaratadi.

IMG_2016.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”giqarorida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari jamoa shartnomalaridaxodimlarning jamoaviy va oilaviy ta’tillarini tashkil qilish maqsadida byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga o‘z xodimlarining kamida 10 foizini oila a’zolari bilan birgalikda har yili dam olishga (ichki turizmga) yuborish, xodimlarga mehnat qonunchiligiga muvofiq ular uchun qulay bo‘lgan vaqtda sayohat qilish va dam olish uchun ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi hisobidan dam olish kunlari (otgul) berish hamda har yili 30 dekabrgacha davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari uchun turistik-sayohat turlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

IMG_2156.JPG

Shu munosabat bilan, 2018 yilning 9 dekabrida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rahbariyati tashabbusi bilan bankning shahar va viloyat filiallari xodimlaridan iboratjami 120 dan ortiq jamoasi jannatmakon yurtimizning Samarqand shahriga sayohat qilishdi. Yurtimizdagi boy tarix va madaniyatga ega shaharlar orasida Samarqandning alohida o‘rni bor. Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri tarixiy obidalari bilan ajralib turadi. Bank jamoasi Registon majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi va Shoxi Zinda majmuasida bo‘lib, mashhur me’moriy obidalar bilan tanishdilar.

IMG_2166.JPG

Ma’lumki, Samarqand shahri nafaqat bizning, balki butun Sharq mamlakatlarining durdonasi hisoblanadi. Ya’ni, Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.Samarqand o‘zining tarixiy obidalari, diqqatga sazovor joylari va afsonaviy muqaddas qadamjolari bilan mashhur.Shahar ulkan yodgorliklari bilan kishini o‘ziga rom etadi. Bibixonim madrasasi – musulmon dunyosida eng qadimiy masjidlardan biri sanaladi. Shuningdek, taniqli sharq mutafakkiri va astronom olimi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, madrasalar va ko‘plab muzeylar mavjud.Hatto, musulmon madaniyati yuksak arab dunyosida ham, bu kabi me’moriy yodgorliklar to‘plamiga boy shaharlar juda kamdir.

IMG_2207.JPG

Qadimiy Samarqandga tashrif buyuruvchi ko‘plab sayyohlar Go‘ri Amir maqbarasini jahonga mashhur va O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etadilar. Maqbaraga temuriylar oilasi va sulolaning merosxo‘rlari dafn etilgan. Shuningdek, dovrug‘ qozongan Shoxi Zinda majmuasi Samarqandning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, sharq musulmonlarining muqaddas ziyoratgohlaridan biri hisoblanadi. Registon maydonidagi Ulug‘bek, Sherdor va Tilla-Qori madrasalarining noyob binolari shahar go‘zalligiga ko‘rk qo‘shish bilan ajralib turadi. Bu va boshqa ko‘plab inshootlar jahon me’morchiligining noyob durdonalari tarixida munosib o‘rin egallaydi.

IMG_2231.JPG

“Samarqand zaminiga qadam bosgan inson, avvalo, o‘zida ruhiy tetiklikni his etadi. Azim shaharning musaffo havosi va zilol suvi esa tasvirlab bo‘lmas quvvat bag‘ishlaydi. Basharti, bu ta’rifu tavsiflar shunchaki emas, balki ularning zamirida ayni haqiqat yotibdi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, ko‘hna Samarqand ne-ne avliyolar, buyuk allomalar va ulug‘ zotlar abadiy qo‘nim topgan muqaddas zamin hisoblanadi”, - deydi bankning Termiz filiali yuridik xizmat bo‘limi bosh yurist-konsulti Xumoiddin Toshpo‘latov.

IMG_2297.JPG

Albatta, mana shu ulug‘ ayyom, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi nishonlanayotgan bayram kunlari biz bank xodimlarining madaniy dam olishimizga, ko‘hna Samarqand shahrida joylashgan tarixiy obidalarni ziyorat qilishga imkoniyat yaratgan bank rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Surxondaryoning Termiz shahridan tashrif buyurib, ushbu muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish albatta insonga tetiklik va ruhiy zavq bag‘ishlaydi. Samarqandga qilgan ikki kunlik safarim menda unutilmas taassurot qoldirdi”, - deya so‘zini yakunladi Xumoiddin Toshpo‘latov.

IMG_2236.JPG

IMG_2256.JPG

IMG_2044.JPG

IMG_2050.JPG

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 12384

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech