Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi:
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bank yuridik xizmati xodimlari malakasi oshirildi

Yangilangan sana: 29 Oktabr 2020, 16:30
Bank yuridik xizmati xodimlari malakasi oshirildi
29 Okt 2020
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki O‘quv markazi va Yuridik xizmati tomonidan xodimlar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar doirasida tashkil etilgan navbatdagi onlayn seminar “Bank qonunchiligini takomillashtirish masalalari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Yuridik xizmat bank uchun moliyaviy foyda keltirmasa-da, ishining natijasi bilan bank faoliyatining xavfsizligi, barqarorligi va kapitalining saqlanishida katta o‘rin tutadi.

Har sohada bo‘lgani kabi kredit tashkilotlarida yuristlar ishi xos xususiyatga ega. Ular mamlakat qonunchilik bazasidagi o‘zgarishlardan boxabar bo‘lib borishi, barcha huquqiy me’yorlarni bilishdan tashqari pul-kredit munosabatlarini juda nozik fahm etishi, yangi mahsulot va xizmatlar texnologiyasi va mexanizmlarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Hisobraqamlarni yuritish, kreditlash, valyutani muvofiqlashtirish va boshqa bank operatsiyalarini chuqur bilishi lozim.

Xususan, o‘tgan yili mamlakatimizda pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish, bozor mexanizmlarini chuqurlashtirish, valyuta bozorini erkinlashtirish, to‘lovlar va to‘lov tizimlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan 4 qonun - «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida» hamda «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi hujjatlar yangi tahrirda qabul qilindi.

IMG_4663.JPG

Bank yuridik departamenti direktori Murodbek Mambetov o‘z ma’ruzasida respublikamizda bank qonunchiligi platformasining shakllanish jarayonlari, bank tizimini isloh qilish davomida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabining qondirilishi, bank xizmatlari ommabopligini oshirish, bank sektorini tubdan transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari, banklarni sanatsiya qilish mexanizmi hamda hozirgi pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda ajratilgan kreditlarning so‘ndirilishining huquqiy jihatlariga alohida e’tibor qaratdi.

Onlayn vebinarda bankning barcha filiallaridan jami 100 ga yaqin xodim ishtirok etdi va vebinar davomida o‘zlarini qizirtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1599

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech