Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Xalqaro iqtisodiy hamkorlik banki «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankiga savdoni moliyalashtirish maqsadida 7 mln.evro miqdorida limit ajratdi

Yangilangan sana: 27 Oktabr 2020, 14:50
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik banki «Trastbank» xususiy aksiyadorlik  bankiga savdoni moliyalashtirish maqsadida 7 mln.evro miqdorida limit ajratdi
26 Okt 2020

Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 17 dekabrdagi “Xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,“Trastbank”xususiy aksiyadorlik banki uzoq yillar davomida Yevropaning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha faol hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda. Bugungi kunda Xalqaro iqtisodiy hamdo‘stlik banki bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishi bankning yana bir yutuqlaridan hisoblanadi.

Joriy yilning 23 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro iqtisodiy hamdo‘stlik bankiga a’zo davlatlar o‘rtasida turli sohalardagi tovar aylanmasi ko‘lamini oshirish maqsadida savdoni moliyalashtirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, ramburslar, akkreditivlarni tasdiqlash va kafolatlarni taqdim etish maqsadida Xalqaro iqtisodiy hamdo‘stlik banki “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga 7 000 000 yevro miqdorida limit taqdim etdi.

Batafsil ma’lumot uchun bank filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.

P.S: Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Banki (XIHB) iqtisodiy o‘sish va a’zo davlatlarning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga, shuningdek savdo-iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishga va mintaqalararo aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xalqaro moliya institutidir. Bolgariya Respublikasi, Vetnam Sotsialistik Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Polsha Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ruminiya, Slovakiya va Chexiya Respublikalari Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Banki a’zolari hisoblanadi
Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 890
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech