Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi:
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

8 mart bayrami munosabati bilan Bank Boshqaruvi Raisining samimiy tabrigini qabul qilgaysizlar!

Yangilangan sana: 7 Mart 2019, 13:29
 8 mart bayrami munosabati bilan  Bank Boshqaruvi Raisining samimiy tabrigini qabul qilgaysizlar!
7 Mar 2019

Muhtarama ayollar va go‘zal opa-singillar!

 "Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki erkaklar jamoasi nomidan, qolaversa o‘z nomimdan barchangizni bahorning ilk ayyomi 8 mart – nafosat va go‘zallik tantanasi bo‘lmish Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Aslida, siz azizlarni hech ikkilanmay bahorga qiyoslash mumkin... Uning har bir tashrifi ko‘ngillarni ilitib, qalblarni yoshartirganidek, olamni bezagan bahor gullarining muattar hidlari aslida sizdan nusxa olajak. Sizlar har kuni hayotimizni quvonch, iliqlik, joziba va tabassum bilan to‘ldirasiz. Bizga ruhiy kuch bag‘ishlab, yuqori natijalarga erishish va yuqori cho‘qqilarni zabt etishimizda doimiy ko‘makchimizsiz.

Har bir go‘zallik uchun bugungi samimiy minnatdorchiligimizni qabul qilasizlar!

Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad hamisha hamroxingiz bo‘lishini tilayman! Bayram muborak aziz ayollar!

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik Banki Boshqaruvi Raisi 
Sardor Normuxamedov

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 3242

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech