Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimiga ulandi

Yangilangan sana: 26 Fevral 2020, 11:08
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimiga ulandi
26 Fev 2020

Mamlakatda bank sohasini rivojlantirish, investitsion salohiyatni oshirish va banklarning mijoz uchun ishlashini tashkillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish bugungi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish va chakana biznesni rivojlantirish sohasida faol ishtirok etib, xalqaro moliya tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda.

Joriy yilning 25 fevral kuni“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Turkiya Respublikasining UPT (ÖDEME HİZMETLERİ A.Ş) aksiyadorlik jamiyati shaklidagi xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qilish borasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Ziyoviddin Kurganov, Bankning Chakana biznes departamenti direktori Nazirjon Xayitaliyev, Turkiyaning UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi ijrochi direktori Murat Kastan ishtirok etib, har ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi natijasida mijozlarga yaratiladigan qulayliklar haqida muzokaralar olib borishdi.Muzokaralar yakuniga ko‘ra, “Trastbank” hamda Turkiyaning UPT xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi o‘rtasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Endilikda Turkiya va O‘zbekiston fuqarolari ushbu bank xizmatidan foydalangan holda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari (turk lirasi, AQSh dollari, yevro va so‘mda) mumkin.

R.S: UPT (ÖDEME HİZMETLERİ A.Ş) xalqaro pul o‘tkazmasi - Turkiyaning ichki va xalqaro bozorida pul o‘tkazmalari va to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan birinchi va yagona kompaniya bo‘lib, u bank hisobvaraqlari, kredit kartalari va naqd to‘lovlar bo‘yicha bir necha turdagi valyutalarda ishlaydi.

UPT xizmatlari Turkiyadagi banklar va o‘z tashkilotlarida joylashgan 10 000 xizmat ko‘rsatish punktlari orqali onlayn tarzda taqdim etiladi. UPT 249 mamlakatda 400000 dan ortiq xizmat ko‘rsatish punktlari orqali xizmatlarni taqdim etadi. UPT Turkiyaning eng yirik investitsiya banki bo‘lgan Aktif bankning sho‘ba korxonasi hisoblanadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1352
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech