So‘nggi kunlarda Toshkent shahar soliq boshqarmasi hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi nomidan tadbirkorlarga soxta elektron xatlar yuborilayotgani aniqlanmoqda.
Soliq qo‘mitasi ushbu xabarlar rasmiy emasligini va ular firibgarlik maqsadida tarqatilayotganini ma’lum qiladi.
Mazkur elektron xatlar soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan. Ular tarkibidagi havolalar orqali qurilmaga zararli dasturlar yuklanishi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar qo‘lga kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, soliq organlarining barcha rasmiy xabarlari faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Agar sizga shubhali xabar yuborilgan bo‘lsa:
— havolalarni bosmang;
— ilova qilingan fayllarni ochmang;
— ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.
Hushyor bo‘ling, firibgarlar tuzog‘iga tushmang va shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlang.




