Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axboroti

Yangilangan sana: 16 Iyul 2018, 11:53
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axboroti
16 Iyul 2018

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining

AXBOROTI

Shikastlangan chet el valyutasidagi banknotalarini muomalaga yaroqliligi va yaroqsizligini aniqlash mezonlari

Aholidan shikastlangan banknotalar bilan bog‘liq valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlardan kelib chiqib, chet el valyutasidagi banknotalarining muomalaga yaroqliligini aniqlash mezonlari quyidagilar etib belgilandi[1]:


1. Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqli hisoblanadi:

- banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa;

- banknota enining (bo‘yining) to‘rtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega bo‘lsa;

- yopishtirib qo‘yilgan burchaklari yoki qismlari (1 sm2 dan oshmagan) bo‘lsa hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli bo‘lsa;

- mayda dog‘lar, yozuvlar, shtamp izi (bunda yozuv yoki shtamp izi ikkitadan oshmagan bo‘lishi lozim) bo‘lganda hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa;

- banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ko‘p bo‘lmagan teshiklar bo‘lsa.

2. Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:

- bo‘laklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan bo‘lsa;

- dastlabki rangi o‘zgargan yoki rangi o‘chgan bo‘lsa;

- yongan yoki kuygan holatda bo‘lsa;

- asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilgan bo‘lsa;

- banknotada kimyoviy reaktivlar ta’siri bo‘lsa;

- muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) o‘zgartirilganda, nominali o‘zgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar bo‘lsa;

- banknotlar aniq bosma xatoga ega bo‘lgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yo‘qligi yoki noto‘g‘ri joylashganligi), tasvirlari to‘liq bosilmagan yoki surkalib ketgan bo‘lsa;

- banknotaning geometrik o‘lchami 3 mm dan ortiqqa o‘zgargan bo‘lsa.

3. Tegishli xorijiy davlatning emitent banki tomonidan e’lon qilingan sanadan keyin muomaladan chiqarilgan hamda banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar mavjud bo‘lgan banknotalar to‘lovga yaroqsiz deb e’tirof etiladi va bunday banknotalar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilmaydi.

4. Tijorat banklariga quyidagilar taqiqlanadi:

- shikastlangan lekin muomalaga yaroqli bo‘lgan banknotalarini ayirboshlash yoki shu turdagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, maydalash, yiriklash hamda ular bilan konversiya operatsiyalarni amalga oshirishni rad etish;

- muomalаga yaroqsiz banknotalarni inkassoga qabul qilishni rad etish;

- qabul qilingan yoki sotib olingan shikastlangan banknotalarni boshqa operatsiyalar bo‘yicha mijozlarga sotish va berish.

5. Tijorat banklari tomonidan shikastlangan yoki inkassoga qabul qilingan muomalaga yaroqsiz banknotalarni xorijiy emitent bankda almashtirish transport (yo‘l), korrespondent va/yoki xorijiy bankning komission xarajatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, yuqoridagi operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun tijorat banklari tomonidanvositachilik haqi undiriladi.

Agar valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishda muammolar yuzaga kelb chiqqandailovada keltirilgan ishonch telefonlariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.



[1] Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 3029, 2018 yil 29 iyun)

Banklarining ishonch telefonlari

Banklar nomi

Telefon raqamlari

1

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

(0 371) 200-00-44

2

O‘zmilliybank

(0 371) 148-00-10, 234-42-10

3

Xalq banki

(0 371) 200-00-55

4

"Asaka" bank

(0 371) 120-81-98

5

"Ipoteka-bank" ATIB

(0 371) 150-89-55, 147-00-17

6

"O‘zsanoatqurilishbank" ATB

(0 371) 120-45-01

7

"Agrobank" ATB

(0 371) 150-67-40, 203-88-88

8

ATB "Qishloq qurilish bank"

(0 371) 150-10-01

9

"Turonbank" ATB

(0 371) 244-38-76

10

"Mikrokreditbank" ATB

(0 371) 273-04-40

11

AT "Aloqabank"

(0 371) 200-65-65

12

AITB "Ipak Yo‘li"

(0 371) 140-78-33

13

"Kapitalbank" ATB

(0 371) 236-20-83

14

"ASIA ALLIANCE BANK" ATB

(0 371) 289-42-42, 231-60-04

15

ATB "InFinBank"

(0 371) 140-50-69

16

"O‘zagroeksportbank" ATB

(0 371) 225-28-05

17

"Trastbank" XAB

(0 371) 244-25-73

18

XATB "Turkiston"

(0 371) 276-14-19

19

"DAVR BANK" XATB

(0 371) 248-35-10

20

XATB "Universal bank"

(0 371) 150-39-90, 150-39-91

21

"Ravnaq-bank" XATB

(0 371) 202-33-33

22

"HI-TECh BANK" XATB

(0 371) 150-33-66

23

"Oriyent Finans" XATB

(0 371) 140-70-00

24

“Madad Invest Bank” XATB

(0 373) 241-70-32

25

AT "Savdogarbank"

(0 371) 256-66-01

26

"Hamkorbank" ATB

(0 371) 150-91-22

27

"KDB Bank O‘zbekiston" AJ

(0 371) 140-56-71

28

"Ziraat Bank Uzbekistan" AJ

(0 371) 273-03-06

29

ERON SODEROT BANKIning ShB

(0 371) 252-11-61

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki / Ko'rishlar: 6465
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech