Barqaror hayot va taraqqiyotimiz kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 30 yil bo‘ldi.
Bosh qomusimiz – Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha yurtdoshlarimizning butun imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan. Ushbu hujjat erkin va farovon hayotimiz, yurtimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori, desak mubolag‘a emas.
Hurmatli yurtdoshlar, aziz mijozlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan tabriklaymiz. Ona Vatan taraqqiyoti uchun qilayotgan barcha sa’y-harakatlaringiz bardavom bo‘lishini hamda sihat-salomatlik va oilaviy baxt aslo tark etmasligini tilab qolamiz.
Hurmat bilan,
“Trastbank” XAB jamoasi.