Hurmatli yurtdoshlar, qadrli mijozlar!
Barchangizni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.
O‘zbek tili xalqimizning boy tarixi, madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini aks ettiruvchi bebaho xazinasidir. U avlodlarni birlashtiradi, qalblarimizni ona Vatanga muhabbat va milliy iftixor tuyg‘usi bilan to‘ldiradi.
Tilimizni asrash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
Ona tilimiz hamisha yurtimiz birdamligi, g‘ururi va mustaqilligi ramzi sifatida qalblarimizda jaranglasin!
Hurmat bilan,
“Trastbank” XAB jamoasi.
#trastbankuz #trustbankuz

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
17